2026-yil 5-noyabr VII-27-83-11-160-K/26 Toshloq tumani
Toshloq tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida
“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-bobi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi 126-son Farmoniga muvofiq, 2027-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ish bilan ta’minlash uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish maqsadida, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining 2026-yil 30-sentabrdagi 24/01-15/01-237-sonli xatini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi
QAROR QILADI:
1. Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining 2026-yil 30-sentabrdagi 24/01-15/01-237-sonli xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi 98-son Farmoniga muvofiq ijtimoiy ehtiyojmand shaxslarni ishga joylashtirish uchun isho‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish vakolatlari xalqdeputatlari mahalliy Kengashlariga o‘tkazilganligi hamda 126-son Farmoniga muvofiq ish o‘rinlarini majburiy zaxiralash tartibi belgilanganligi ijro uchun qabul qilinsin.
3. Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining takliflari ma’qullansin va 2027-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun jami 645 ta ish o‘rni zaxiraga qo‘yilsin, jumladan: nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun — 277 kishi; oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun — 40 kishi; ijtimoiy reyestrdagi oilalarning a’zolari uchun — 289 kishi; muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar uchun — 18 kishi; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun — 9 kishi; odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun — 12 kishi.
4. 2027-yilda zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining: davlat tashkilotlari (budjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar) bo‘yicha manzilli ro‘yxati 1-ilovaga; xodimlarining ro‘yxatdagi o‘rtacha yillik soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar (davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar bundan mustasno) bo‘yicha manzilli ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari: zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari umumiy sonining kamida 25 foizini kalendar yil boshlanishidan oldin 10 kundan kechiktirmay tayyor holga keltirsin hamda bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga axborot taqdim etsin; ish o‘rinlarining qolgan qismini kalendar yilning birinchi choragi davomida zaxiraga qo‘ysin hamda birinchi chorak tugaganidan keyin 10 kun ichida bu haqda axborot taqdim etsin; ishga joylashtirilgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oy hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etib borsin. Ish o‘rinlarini zaxirada saqlash “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning 40-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi 64-son qaroriga muvofiq, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga mansub shaxslarni belgilangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan ish beruvchilar subsidiya olish huquqiga ega ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning 3, 13, 34, 38, 39, 40 va 41-moddalariga muvofiq mazkur qaror talablarini bajarmagan ish beruvchilar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Jarima qo‘llanilishi ish beruvchini zaxiraga qo‘yilishi lozim bo‘lgan ish o‘rinlarini yaratish majburiyatidan ozod etmaydi.
8. Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi (Z.Mamajonov): besh kun muddatda ushbu qaror nusxasini “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali ish beruvchining “YaMMT” IDAKdagi shaxsiy kabinetiga yuborsin;
qaror ijrosi ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshirsin; qaror talablarini bajarmagan yoki fuqarolarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishini ta’minlasin.
10. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi (M.Meliboyev) zimmasiga yuklatilsin.
12. Mazkur qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kengash raisi
SALIYEV TURSUNBOY NURMATOVICH

About The Author