O‘zbekiston iqtisodiyoti mustaqillik yillarida izchil o‘sish yo‘lini bosib o‘tdi. Milliy statistika ma’lumotlariga ko‘ra 2025 yil yakunlariga ko‘ra mamlakat yalpi ichki mahsuloti joriy narxlarda 1 849,7 trln. so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich milliy iqtisodiyotning ko‘lami va salohiyati sezilarli darajada kengayganini ko‘rsatadi.
Ta’kidlanishicha YAIMning real o‘sish sur’ati 1991 yilga nisbatan 478,1 foizga yetgan, ya’ni iqtisodiyot hajmi qariyb 4,8 barobarga oshgan. Ayniqsa, 2000-yillardan keyin sanoat, xizmatlar sohasi va investitsiyalarning ko‘payishi hisobidan o‘sish jadallashgan. 2010 yildan keyingi davrda esa YAIM hajmining keskin ortishi kuzatilgan.
Mutaxassislar fikricha iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi, tadbirkorlik muhitining yaxshilanishi va tashqi savdo aloqalarining kengayishi bu o‘sishning asosiy omillari hisoblanadi. Kelgusi yillarda ham barqaror o‘sish tendensiyasi saqlanib qolishi kutilmoqda.