Tumanimizda kichik tadbirkorlik sub’ektlari iqtisodiyotning muhim drayveri boʻlib xizmat qilmoqda. Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratib berilayotgan qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar sharofati bilan sohadagi koʻrsatkichlar barqaror oʻsish tendentsiyasini namoyon etmoqda.
Joriy yil 1-avgust holatiga tumanimizda 2590 ta kichik tadbirkorlik sub’ekti roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 1271 tasi faoliyat yuritmoqda. Bu raqamlar iqtisodiy muhitning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay ekanligini koʻrsatadi. Roʻyxatga olingan va faoliyat koʻrsatayotgan sub’ektlar oʻrtasidagi farq yangi korxonalarning ishga tushishi uchun ma’lum vaqt talab etilishini yoki ularning faoliyatini toʻxtatganini anglatadi.
Kichik biznesning rivojlanishi iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham ijobiy ta’sir koʻrsatmoqda. Quyida asosiy koʻrsatkichlarning oʻtgan yilning mos davriga nisbatan investitsiyalar: Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 622,2 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻsish sur’ati 110,6% ni tashkil qildi. Bu kichik biznesning oʻzini kengaytirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan faolligini koʻrsatadi. Qurilish ishlari: Qurilish sohasidagi faoliyat hajmi 337,0 mlrd. soʻmga etib, oʻtgan yilga nisbatan 110,1% ga oshdi. Bu kichik qurilish kompaniyalari va firmalarining bozorga kirib borayotganidan dalolat. Sanoat mahsulotlari: Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi hajmi 1226,1 mlrd. soʻmga etib, oʻtgan yilga nisbatan 104,0% oʻsish kuzatildi. Bu koʻrsatkich kichik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmining ortib borayotgani isbotidir. Xizmatlar sohasi: Koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 769,6 mlrd. soʻmni tashkil etib, 112,5% oʻsishga erishildi. Xizmat koʻrsatish sohasi tumanimiz tadbirkorlarining kichik tadbirkorlikning eng faol va tez rivojlanayotgan yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolmoqda.
Tashqi savdoda savdo aylanmasi 46,9 mln. AQSH dollariga etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 133,3% oʻsish qayd etildi. Bu koʻrsatkich kichik korxonalarning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlari kengayib borayotgani, tumanimizda eksport qiluvchi korxonalar sonining yildan yilga oʻsib borayotganligi samarasidir.
Tumanda chakana tovar aylanmasi hajmi 545,6 mlrd. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 105,3% ga oshdi. Bu, aholining xarid qobiliyati va ichki savdo hajmi oʻsib borayotganligidan dalolat beradi.
Ushbu ijobiy koʻrsatkich-lar kichik tadbirkorlik sub’ektlarining iqtiso-diy rivojlanishga qoʻshayot-gan muhim hissasini yaqqol koʻrsatmoqda. Kichik biznes va tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va ularga yaratilayotgan imkoniyatlarni ken-gaytirish orqali iqti-sodiy barqarorlik va farovonlikni yanada oshirishga erishish mumkin.
R. UMAROV,
tuman statistika boʻlimi boshligʻi.