Korrupsiya — bu mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish, pora olish yoki berish, tanish-bilishchilik, mansabni suiiste’mol qilish kabi holatlar bilan namoyon bo‘ladi. U nafaqat davlat manfaatiga, balki har bir fuqaroning hayotiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Korrupsiyaga qarshi kurash — umumxalq ishi. Shu boisdan ham mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kura-shish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi hamda tegishli idoralar tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar, ochiqlik siyosati va raqam-lashtirish jarayonlari korrupsiyani oldini olishga qaratilgan.
Davlat boshqaruvida shaffoflikni ta’minlash, davlat xizmatchilari faoliyatini nazorat qilish, elektron hukumat tizimini keng joriy etish orqali inson omilini kamaytirish — korrupsiyaga qarshi kurashning eng samarali choralaridandir.
Shuningdek, ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda halollik darslari, targ‘ibot tad-birlari o‘tkazilayotgani yoshlar ongida adolat, halollik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki korrupsiya bilan kurashish faqat davlat organlarininggina emas, balki har bir fuqaroning vazifasi bo‘lmog‘i zarur. Unga qarshi kurashish barchamizning umumiy burchimizdir. Halollik qadriyatiga amal qilish orqali biz kelajak avlod uchun pok, adolatli va farovon jamiyat barpo etishimiz mumkin. Avvalo har bir fuqarolarimiz hushyor bo‘lishlari, bunday holatlarga duch kelgan yoki habardor bo‘lgan taqdirda tegishli idoralarga xabar berishi lozimlini unutmasliklari kerak. Zero korrupsiyasiz jamiyatgina adolatli, farovon va taraqqiy etgan davlat bo‘la oladi.

M. MЕLIBOYEVA,
tuman SEO va JS bo‘limi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ma’sul xodimi.

About The Author