Fuqarolik Kodeksining 322-moddasiga binoan qarzdorning o‘z qarzini boshqa shaxsga o‘tkazishiga faqat kreditorning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Yangi qarzdor kreditor bilan dastlabki qarzdor o‘rtasidagi munosabatlarga asoslangan barcha e’tirozlarni kreditor talabiga qarshi qo‘yishga haqli.
Agar kafil yoki garovga qo‘yuvchi yangi qarzdor uchun javob berishga rozi bo‘lmasalar, qarz boshqa shaxsga o‘tkazilishi bilan kafillik yoki uchinchi shaxs tomonidan belgilangan garov bekor bo‘ladi.
Demak, bank rozi bo‘lsa yuqoridagi harakatlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Barchinoy XOLMATOVA,
Farg‘ona tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.